Davlat oliy ta’lim taşkilotlariga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Prezident imzolagan 43-sonli farmoyişga köra, tarmoq va sohalar kesimida bakalavriat va magistratura uçun 4 yillik qabul kvotasi belgilab olindi. Ilgari bu parametrlar har yili alohida e’lon qilinardi.

Örinlar hozirça faqat kunduzgi ta’lim şakliga tegişli. Quyida yillar kesimida bakalavriat va magistratura uçun talabalarga qança joy ajratilgani keltiriladi.

Bakalavriat:

  • 2025-2026 yillar – 35 500 nafar;
  • 2026-2027 yillar – 36 023 nafar;
  • 2027-2028 yillar – 36 460 nafar;
  • 2028-2029 yillar – 36 761 nafar.

Magistratura:

  • 2025-2026 yillar – 9 922 nafar;
  • 2026-2027 yillar – 10 191 nafar;
  • 2027-2028 yillar – 10 477 nafar;
  • 2028-2029 yillar – 10 784 nafar.

Şuningdek, farmoyiş bilan nodavlat hamda xorijiy universitetlarga davlat granti taqsimoti ham keltirib ötilgan. Ta’kidlanişiça, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga 1 320 ta davlat granti taklif etiladi.

Bunda davlat ta’lim taşkilotlarining xalqaro e’tirof etilgan taşkilotlar reytingida yuqori 300 talik röyxatga kirgan xorijiy OTM bilan yölga qöyilgan qöşma ta’lim dasturlari uçun ham kvota ajratilişi nazarda tutilgan.

Davlat oliygohlarida öqiş istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yoş vatandoşlar uçun esa 30 ta davlat granti ajratilmoqda. Bunda ta’lim yönalişlari kesimidagi taqsimot yuzasidan takliflar tayyorlanişi kutilyapti. Xotin-qizlar uçun bu yil 4 mingta davlat granti beriladi.

Hozirça davlat OTMlarining qabul kvotalaridan qançasi grant va kontrakt-tölov bölişi noma’lum. Yangi öquv yilining grant va kontrakt örinlari 1 hafta içida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanişi aytib ötilgan.

Qolaversa, bu muddat içida komissiya bakalavriat ta’lim yönalişiga qabul böyiça quyidagilarni ham tasdiqlaşi lozim:

  • kvota taqsimotida iştirok etuvçi oliygohlar, ta’lim şakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;