06:24 / 22.04.2020
15989
Berdimuhamedov velosipedga atab qurilayotgan monumentni velosipedda yurib ko‘zdan kechirdi

19 aprelda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov velosiped sayrini o‘tkazib, Ashxobodning janubiy qismida barpo etilayotgan obektlarni ko‘zdan kechirdi.

Ma'lum qilinishicha, prezident sayrni ahaltaka oti Yonardog‘ sharafiga bunyod etilayotgan haykalni ko‘zdan kechirishdan boshlagan. Ushbu ot Turkmaniston gerbida tasvirlangan.

Berdimuhamedov, shuningdek, Xalq maslahati apparati binolari majmuasi, kongress-markaz, mehmonxona hamda “Turkmanboshi” va “Sanagat” banklari binolari qurilishiga tashrif buyurgan. 

Bundan tashqari, Turkmaniston prezidenti velosipedga atab barpo etilayotgan monumentni ham ko‘zdan kechirgan. Uni may oxirida, Velosiped kuni oldidan ochish rejalashtirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Berdimuhamedov 20 kmcha yo‘l bosib o‘tib, velosayrni Betaraflik monumenti yonida yakunlagan.

Ta'kidlanishicha, prezident shu obektlarni 9 aprelda ham ko‘zdan kechirgan va shaxsan o‘zi bezak materiallari dizaynini tasdiqlagan va loyihalarga tuzatishlar kiritgan.

Turkmaniston vazirlar mahkamasining 3 apreldagi yig‘ilishida Berdimuhamedov inqiroz va daromadlar pasayib ketgani sababli qurilishlarni qisqartirib, eng muhim obektlarnigina qurishni buyurgan.

Top