00:36 / 04.05.2020
6636
Toshkentda YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlari ham fuqarolar qabulini boshlamoqda

4 may, dushanbadan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma'muriy amaliyot bo‘limlarida fuqarolar qabuli davom etadi.

Idoradan ma'lum qilishlaricha, diagnostik stansiyalarda (texnika nazorati) ham fuqarolar qabuli boshlanadi.

Bo‘linmalarga dushanbadan shanbagacha soat 9:00dan 18:00gacha murojaat qilish mumkin. Tushlik vaqti – 13:00dan 14:00 gacha.

Bundan oldin 4 maydan boshlab poytaxt IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari ham fuqarolar qabulini boshlashi e'lon qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalar kelasi yildan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Guvohnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali yangilash mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top