18:28 / 30.05.2020
8149

Portlendda ommaviy tartibsizliklar sababli favqulodda holat rejimi joriy etildi  

Tartibsizliklar 25 may kuni Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish chog‘ida qo‘pollik qilinganidan keyin vafot etgach boshlandi.  

Foto: Reuters

Oregon shtatining eng yirik shahri bo‘lgan Portlend meri Ted Uiler Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd halok bo‘lganidan so‘ng AQShda boshlangan ommaviy tartibsizliklar sababli favqulodda holat rejimi joriy etilganini e'lon qildi.

"Men rasman favqulodda holat joriy etaman", - deb yozdi u tvitterda.

Tartibsizliklar 25 may kuni Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish chog‘ida qo‘pollik qilinganidan keyin vafot etgach boshlandi.  

Minneapolisda to‘rt kundan buyon o‘t qo‘yishlar va do‘konlarni talashlar davom etmoqda. Noroziliklar AQShning boshqa shaharlari, jumladan Nyu-York, Los-Anjyeles va Detroytda ham bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xyustonda (Texas shtati) 200 kishi hibsga olingan, to‘rt politsiyachi yengil jarohat olgan. Minneapolisda noma'lum shaxs politsiyachilarga qarata o‘q uzgan.

Shuningdek, Oklendda AQSh ichki xavfsizlik vazirligi bo‘linmasi xodimi otishma chog‘ida halok bo‘lgani xabar qilindi.

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top