Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tug‘ilish bilan bog‘liq barcha davlat xizmatlarini umumlashtirish rejalashtirilmoqda – DXA
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tug‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bunda quyidagi harakatlar elektron ravishda bir vaqtda amalga oshiriladi:
– tug‘ruqxonadan bola tug‘ilganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish;
– FHDYo bo‘limida bola tug‘ilganligini qayd qilish;
– bolani otasi yoki onasining doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yish;
– farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
– poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish;
– bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo‘yish.
Buning uchun FHDYo bo‘limiga murojaat qilishning o‘zi kifoya qiladi.
“Vazirlar Mahkamasining “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tug‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ya'ni birgina ariza yuborish orqali 6 ta xizmatdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu orqali fuqarolarning ortiqcha hujjat to‘plashlariga, davlat idoralari o‘rtasida sarson bo‘lib, eshikma-eshik sarg‘ayib yurishlariga barham beriladi”, deydi agentlik direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi

18:21 / 05.01.2024
O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

18:37 / 23.10.2023