Gomer

Foto: Wikipedia

Antik dunyoning eng maşhur dostonlari bu şubhasiz «Iliada» va «Odisseya»dir. Garçi biror bir aniq hujjat yoki yozma manba qolmagan bölsa-da, bu ikki dostonning muallifi Gomer ismli söqir inson bölganligi oğizdan oğizga köçib, bugungi kungaça yetib kelgan. Köhna dunyoning eng maşhur közi ojiz insoni nomi ham şu tarzda Gomerga nasib qilgan.

Lekin şunga qaramay uning hayoti haqida aytarli ma'lumotlar yöq, taxminlarga köra u miloddan avvalgi VIII asrlarda yaşagan, haligaça uning vatani nomi uçun yetti şahar da'vogarlik qiladi.

Gomer omma oldida dostonlarni yoddan öqib bergan va yildan yilga qiziqarli voqealar bilan boyitib boravergan. Bu dostonlarning ahamiyati şundaki, ular öşa davr ruhiyati, madaniyati haqida beqiyos qöllanma böliş bilan birga juda köp boşqa asarlar yaratilişiga ham turtki bölgan. Jahonga maşhur «Troya» badiiy filmi ham Gomer dostonlari syujyetlari jamlanmasidir.

Lui Brayl

Foto: Wikipedia

Bugun deyarli har bir közi ojiz inson öqişni biladi va buning uçun ular yana bir şunday taqdir egasi – Lui Brayldan minnatdor bölişlari lozim.

1809 yilda Fransiyaning Kuvre şaharçasida tuğilgan Lui 3 yoşida otasining ustaxonasiga kiradi va bir asbobdan jarohatlanadi. Jarohat oğir asorat – közi ojizlikka sabab böladi.

U paytlarda közi ojizlar uçun maktablar bölmagani uçun ota-onasi Luini oddiy maktabga berişadi. Dastlab öz xotirasiga suyanib amallab öqigan Lui 10 yoşida közi ojiz bolalar uçun maxsus stipendiya sohibi böladi.

Braylda harbiylar qoronğida foydalanuvçi yozuv tizimini özi kabilar öqişi uçun qöllaş fikri tuğiladi va şuning ustida iş boşlaydi. 20 yoşli Lui 6 nuqtali kodga asoslangan, bugungi kunda butun dunyoda foydalaniladigan alifboni yaratişga muvaffaq böladi.

Bu yozuv nafaqat yozuv, balki ilmiy ramzlarni ham ifodalaş imkonini berardi. 1834 yilda Brayl öz ixtirosini Parij san'at körgazmasida namoyiş qiladi va keyingi 20 yil içidayoq bu alifbo butun dunyoga tarqalib ulguradi. Bugungi kunda ham bu yozuv butun dunyoda közi ojizlarning rasmiy yozuvi hisoblanadi.