Qur’oni karimni öqişga bölgan ehtiyoj közi ojiz insonlar örtasida ham baland. Şu munosabat bilan Kalomulloh Özbekistonda 4-marotaba Brayl yozuvida naşr etildi. Kitob taqdimoti Çilonzor tumanidagi “San’at gulşani” madaniyat saroyida 10 mart kuni bölib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda brayl yozuvida Qur’oni karim ilk marta 1997 yilda naşr qilingan. Bu – Yer yuzida Brayl yozuvidagi Qur’onning 3-naşri bölgan. Ungaça Misr va Tunisda bosilgan. 

“Ilk naşr juda oğir bölgandi. Sababi, bizda heç qanday tajriba yöq edi. Özimiz Qur’on öqişni bilamiz-u, uni odamlarga qanday yetkazişni bilmasdik. Mutaxassislar yöq edi. Şu uçun ilk naşrni oylab, yillab ötirib tayyorlaşga harakat qilganmiz”, – deydi "Yoğdu" naşriyoti muharriri Sunnatulloh Ta’latov ilk naşrdagi qiyinçiliklar haqida. 

Undan keyin kitob 2004 va 2006 yillarda ham naşr qilingan. Uning nusxalari barça MDH davlatlariga, şuningdek, Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika qit’alari davlatlarigaça yetib borgan.

Rossiya, Buyuk Britaniyaning Qirollik kutubxonasi, Madinadagi Masjidi Nabaviy kutubxonasi, AQŞdagi Musulmonlar Uyuşmalariga ham taqdim etilgan. Bundan taşqari, kitobdan Özbekistondagi Hazrati Imom va Imom al-Buxoriy ziyoratgohlaridagi Qur’on muzeylari, Islom dini yönalişidagi Oliy va örta-maxsus bilim yurtlarida ham foydalaniladi.

Naşriyot boş muharriri Rixsiboy Abbosxonovning aytişiça, yangi naşrda har bir jamlanma 8 kitob va audiofleşkadan iborat bölib, 500 nusxada tayyorlangan. Ularning 250 nusxasi Kuvayt Halqaro Islom Jamğarmasining homiylik mablağlari va qolgan qismi içki imkoniyatlar hisobidan naşr qilingan.

Rixsiboy Abbosxonov

“Közi ojizlar uçun çiqariladigan kitoblar, – deydi naşriyot boş muharriri – narx jihatidan qimmat. Uni sotib olişga ijtimoiy himoya ostida bölgan insonlarning xarid quvvati yetmaydi. Lekin talab bor. Şuning uçun bunday kitoblarga homiylik mablağlarini jalb qilamiz”.

Kitob sotib oliş uçun naşriyotga qönğiroq qiliş mumkin.