Joriy yilning 3 yanvar kuni Kun.uz saytida “Közi ojiz bolalarning muallimlari murojaat bilan çiqdi. Ular 12 yillik ta'lim saqlab qolinişini söramoqda” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Toşkent şahridagi 77-sonli közi ojiz bolalar maxsus maktab internati öqituvçilari közi ojiz bolalar internatlarida ta'lim muddati 12 yildan 11 yilga ötkazilayotgani közi ojiz öquvçilar ta'limiga salbiy ta'sir qilişi mumkinligi haqida gapirgandi.
Maqola e'lon qilinganidan deyarli bir oy ötib, Xalq ta'limi vazirligi uşbu maqola yuzasidan öz munosabatini bildirdi.
Vazirlik munosabatida aytilişiça, közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta'lim muassasalarida V-X sinflar uçun dars maşğulotlari umumiy örta ta'lim dasturining V-IX sinflariga nisbatan aniq fanlarning mavzulari kengaytirib ötilişi hisobiga 5 yilda örtaça bitta fanda dars soatlari 26 – 27 soatga ortişi natijasida alohida X sinf taşkil etilgan. Natijada umumiy örta ta'lim dasturi böyiça tegişli sinfda ötilişi lozim bölgan mavzular öquvçilarga keyingi öquv yili (sinf)da ötilmoqda.
“Bu mavzularning mavsumga hamda öquvçilarning fiziologik rivojlanişiga mos ravişda ötilişi talablariga javob bermaydi. Şuningdek, muassasalarning V-X sinflarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining öquv dasturidagi örtaça 44 soatlik laboratoriya işlari öquvçilarning imkoniyatini inobatga olib, nazariy tarzda ötib kelinadi”, - deyiladi XTV ma'lumotida.
Bildirilişiça, prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalarga ta'lim-tarbiya beriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” qarori bilan 2020–2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasi qabul qilindi. Qaror bilan 2021-2022 öquv yilidan boşlab alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta'lim muassasalarida majburiy umumiy örta ta'limni 11 yillik (intellektual rivojlanişida nuqsonlari bölgan bolalar uçun (yordamçi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oşirilişi belgilangan.
“Bundan közlangan asosiy maqsad – Özbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantiriş, alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalarni umumta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lim şaroitida öqişga tayyorlaş, biliş imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalaş hamda ularga ta'lim-tarbiya beriş tizimini takomillaştiriş va körsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxşilaşdan iborat”, - deyiladi munosabatda.
Qayd etilişiça, “Ta'lim töğrisida”gi qonunda umumiy örta ta'lim (I-XI sinflar), boşlanğiç ta'lim (I-IV sinflar), tayanç örta ta'lim (V-IX sinflar) va örta ta'lim (X-XI sinflar) bosqiçlaridan iborat ekanligi belgilab qöyilgan.













