Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShda yodgorliklarga zarar yetkazganlar 10 yilgacha qamalishi mumkinligini ma'lum qildi
Iyun oyi boshida AQShdagi irqchilik va politsiyaning zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar vaqtida qul savdogarlari va konfederatlar armiyalari generallariga qo‘yilgan yodgorliklar buzib tashlanishi kuzatilgan edi.
Foto: AP Photo / Evan Vucci
AQShda yodgorliklarga zarar yetkazganlar 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.
"Men federal hukumatga yodgorliklar, haykallar va boshqa federal mulklarga zarar yetkazayotgan barchani hibsga olish va o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llashga ruxsat berdim", - deb yozdi u Twitter akkauntida.
Tramp bu farmoyishi zudlik bilan kuchga kirishini va ilgari sodir etilgan harakatlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Iyun oyi boshida AQShdagi irqchilik va politsiyaning zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar vaqtida qul savdogarlari va konfederatlar armiyalari generallariga qo‘yilgan yodgorliklar buzib tashlanishi kuzatilgan edi.
Norozilik namoyishchilari Xristofor Kolumb haykallarini hamda AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlashdi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026