11:40 / 25.06.2020
3836
Aydarko‘l atrofida turistik zonalar tashkil etilishi mumkin

Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etish taklif qilinmoqda.

Foto: navoiyeco.uz

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi

Qayd etilishicha, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish hamda aholini yoz mavsumida maroqli dam olishi va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida Aydarko‘l atrofida turistik zonalar tashkil etish lozim. 

Murojaat muallifining yozishicha, bunda yo‘l infratuzilmasi, mehmonxonalar xizmati, oshxona, plyajlar, qayiqlar ijarasi, tuyada sayr va shunga o‘xshash bir qator xizmatlarni yo‘lga qo‘yish kerak.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Aydarko‘l atrofida turistik zonalarni tashkil etishni taklif qilamiz”, - deya yakunlangan petitsiya.

Top