17:01 / 17.07.2020
3248
British Airways aviakompaniyasi pandemiya sababli Boeing 747 samolyotlaridan butunlay voz kechishni tezlashtirdi

Aviakompaniyaning qayd etishicha, "tashuvlarga bo‘lgan talab tushib ketganligi sababli British Airways boshqa hech qachon bu modeldagi samolyotlardan foydalanmaydi".

Foto: Getty Images

International Consolidated Airlines Group S.A. (IAG) aviaguruhiga kiruvchi British Airways aviakompaniyasi pandemiya sharoitida aviatashuvlarga bo‘lgan talabning tushib ketishi natijasida keng fyuzelyajli Boeing 747-400 samolyotlaridan rejalashtirilganidan to‘rt yil avval voz kechadi

"Ulkan nadomat bilan barcha 747 flotimizdan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatishni taklif qilamiz", - deya kompaniya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi MarketWatch.

Aviakompaniyaning qayd etishicha, "tashuvlarga bo‘lgan talab tushib ketganligi sababli British Airways boshqa hech qachon bu modeldagi samolyotlardan foydalanmaydi".

British Airways aviaparkida 31ta Boeing 747-400 samolyoti bor edi.

Aviakompaniya Boeing 747-400 samolyotlaridan foydalanishni 2024 yildan to‘xtatish, ular o‘rnini 787 Dreamliner yoki Airbus A350 bilan to‘ldirishni rejalashtirgandi.

IAG rahbari Uilli Uolsh British Airways "yashash uchun kurashayotgan"ligini qayd etdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top