Amerikaning Boeing aviakompaniyasi 31 yanvar, seşanba kuni özi işlab çiqargan 747-rusumdagi sönggi laynerini mijoz – Amerikaning Atlas Air yuk aviakompaniyasiga topşirdi. Vaşington ştatidagi Boeing zavodida samolyotni topşiriş marosimi konsern saytida namoyiş etildi. Marosimda zavod işçilari, aviatsiya sanoati top-menejyerlari va Hollivud aktyori Jon Travolta iştirok etdi.
Zavodda oxirgi, 1574-Boeing 747 2022 yil dekabrida yiğilgan edi. Uning korpusida 1960-yillarda uşbu laynerni işlab çiqiş guruhini boşqargan muhandis Jo Satterning portreti va dastxati bor.
CNN telekompaniyasi Lufthansa nemis aviakompaniyasi boş direktori Karsten Şporning sözlaridan iqtibos keltirgan: «Boeing 747 - bu juda köp narsalarning timsoli va eng avvalo, menimça, bu dunyo timsoli, 747 samolyoti uni ança kiçraytirdi».
Fyuzelajda öziga xos «örkaçi» bölgan avialaynerning ekspluatatsiyasi 1970 yilda boşlangan. Uzoq vaqt davomida u dunyodagi eng keng samolyot bölib keldi: texnikada 600 dan ortiq yölovçi örindiqlari mavjud. Bundan taşqari, Boeing 747 Amerika Qöşma Ştatlari prezidentini olib yuruvçi «Birinçi raqamli bort» vazifasini bajargan hamda AQŞning Space Shuttle tizimi kosmik kemalarini ular uçirilgan joyga tantanali tarzda olib borgan.
Sönggi yillarda 747 modelidan foydalaniş köplab aviakompaniyalar uçun xarajatli bölib qoldi, çunki tört dvigatelli avialaynerning yonilği sarfi ança yuqori. Boeing, şuningdek, sönggi yillarda COVID-19 pandemiyasi sabab bölgan yölovçilar oqimining pasayişi bilan hisoblaşiş kerakligini ta’kidladi. Amerika kompaniyasi, xuddi Airbus’dagi yevropalik raqobatçilari singari, gigantlarni almaştiradigan ikki dvigatelli laynerlarning yanada ixçam va tejamkor modellarini işlab çiqdi.

















