AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegset Qatar AQŞ prezidenti Donald Trampga sovğa qilgan 400 million dollarlik Boeing 747 samolyotini rasman qabul qildi. Bu haqda 21 may, çorşanba kuni Pentagon bayonotiga tayanib, CNN xabar berdi.

AQŞ harbiy idorasi vakili Şon Parnelning sözlariga köra, samolyot Air Force One prezidentlik borti bölişidan oldin «tegişli xavfsizlik çoralari va samolyotning işlaşi talablari bajarilişini ta’minlaş» uçun qayta jihozlanadi. Amaldagi va sobiq amaldorlarning CNN'ga aytişiça, bunday yangilaniş ikki yil davom etişi va samolyotning özi narxidan bir neça barobar qimmatga tuşişi mumkin.

Şu bilan birga, xabardor manbaning telekanalga aytişiça, samolyotni topşiriş böyiça kelişuv hali yakunlanmagan va yuridik guruhlar örtasida muzokaralar davom etmoqda.

Tramp ma’muriyati Qatar qirollik oilasidan haşamatli Boeing 747-8 samolyotini sovğa sifatida olişga hozirlanayotgani haqidagi xabar ilk bor 12 may kuni OAVda paydo bölgan edi. Kutilişiça, AQŞning amaldagi prezidentining vakolat muddati tugagaç, «uçar saroy» deb atalgan samolyotga egalik huquqi Tramp prezidentlik kutubxonasi fondiga ötadi.