16:46 / 27.07.2020
1198
Navoiyda 4209ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari yetkazib berildi

Maxsus komissiya qaroriga binoan yurtimizda karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Bu xabardan aholining kam ta'minlangan qatlamida xavotir hissi uyg‘onishi tabiiy.

Karantin davrida ko‘plab oilalarning oziq-ovqat muammosidan aziyat chekishining oldini olish maqsadida butun respublika bo‘ylab «Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari» faoliyati davom etmoqda.

Navoiy viloyati «Mahalla fondi» o‘zining telegram kanalida xabar berishicha, shu kunga qadar jami 4209ta oilaga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari yetkazib berilgan.

Call-markazda 221 nafar ko‘ngilli volontyor yoshlar «1197» qisqa raqamiga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarga javob berib, birlamchi mahsulotlarni ehtiyojmand oilalar xonadonlariga yetkazib berishmoqda.

Viloyatning turli hududida yashovchi aholi qatlami karantin qoidalariga amal qilgan holda uyda qolib, birlamchi mahsulotlarga ehtiyoj sezishganda Call-markazning quyidagi hududiy raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:

  • Navoiy shahri — (79) 220-64-09
  • Zarafshon shahri — (79) 573-00-22
  • Karmana tumani — (79) 532 15 04
  • Konimex tumani — (79) 512-13-31
  • Qiziltepa tumani — (79) 555-22-62
  • Navbahor tumani — (79) 562-17-52
  • Nurota tumani — (79) 523-14-86
  • Tomdi tumani — (79) 582-12-95
  • Uchquduq tumani — (79) 593-01-60
  • Xatirchi tumani — (79) 544-28-55
Top