Qamchiq dovonida yangi tonnel quriladi
Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender e'lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

5 avgust kuni prezident energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
«Transport va logistika tarmog‘i haqida gap ketar ekan, ushbu sohada ham amalga oshirilayotgan ishlar umuman qoniqarli emasligi qayd etildi.
Sohani rivojlantirishning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilishi ma'lum qilindi.
Misol uchun, bugungi kunda Qamchiq dovoni orqali Toshkentdan Andijonga borish uchun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, 22 ming avtomobil o‘tadi. Bu ko‘rsatkich kelgusi 5 yilda 40 mingga yetadi. «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘li ishga tushgan taqdirda masofani bosib o‘tish 3 soatgacha qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgacha oshadi.
Shu bois davlatimiz rahbari Qamchiq dovonida yangi tonnel qurish bo‘yicha tender-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender e'lon qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida
Jamiyat | 19:00
-
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi
O‘zbekiston | 18:43
-
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi
Jahon | 18:42
-
Putin Starovoytni transport vazirligidan bo‘shatdi. Ko‘p o‘tmay uning jasadi topildi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

12:24 / 27.06.2025
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi

19:45 / 07.06.2025
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

13:41 / 28.04.2025