13:26 / 17.08.2020
17701
Buyraklar uchun eng zararli mahsulot ma'lum qilindi

Buyraklarning asosiy “dushmani” osh tuzi hisoblanadi. U hattoki sog‘lom buyraklarga ham zarar yetkazishi mumkin, deb aytib o‘tdi rossiyalik nefrolog shifokor Lyudmila Artyuxina.

Foto: Pixabay

Mutaxassis zamonaviy jamiyatda fastfud va yarimtayyor mahsulotlar hamda tuz ko‘p miqdorda solinadigan mahsulotlar ommaviylashgani sababli tuzning haddan ziyod iste'mol qilinishi muammosiga e'tibor qaratgan

Shifokorning ta'kidlashicha, ko‘pincha buyraklar bilan muammolarda og‘riqli simptomlar kuzatilmaydi, shu sababli bemorlar shifoxonaga kasallikning jiddiy bosqichi kechayotgan vaqtdagina shifoxonaga tushadilar.

“Ba'zida kasallik subklinik kechadigan alomatlar bor. Bu nimjonlik, tez charchash, yurish vaqtida oyoqlar shishishi bilan namoyon bo‘ladi. Arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin. Buyrak kasalligi arterial gipertoniya bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin”, deb tushuntirib o‘tgan mutaxassis.

Artyuxinaning ta'kidlashicha, qon bosimi bilan muammolar bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. U buyraklar sog‘lom bo‘lishi uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini uqdirib o‘tgan.

Top