09:12 / 29.08.2020
33130
IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Aliaxmed Omonovich Choriyev

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Aliaxmed Omonovich Choriyev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A. Choriyev Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilmurot Panjiyevich Xudjaqulov

Polkovnik Dilmurot Panjiyevich Xudjaqulov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar D. Xudjaqulov Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Abdivaliyevich Shermuxamedov

Polkovnik Sherzod Abdivaliyevich Shermuxamedov Toshkent viloyati IIBB Bo‘stonliq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh. Shermuxamedov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Nizom Rabbimovich Xubbimov

Polkovnik Nizom Rabbimovich Xubbimov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N. Xubbimov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Og‘abek Xusannazirovich Nurmetov

Podpolkovnik Og‘abek Xusannazirovich Nurmetov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O. Nurmetov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat tartibini saqlash va maxsus muassasalar faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Top