Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 16 yoshli yigit maktabdoshini o‘ldirib qo‘ydi
2020 yilning 7 noyabr kuni soat 22:30larda Namangan shahar “Sohil” MFY hududida voyaga yetmagan fuqaro (16 yosh) voyaga yetmagan maktabdoshi (17 yosh) bilan tanish qizga yuborilgan SMS xabar tufayli o‘zaro janjallashib qolgan va uning qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joyidagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larini aniqlab, protsessual tartibda rasmiylashtirib olgan.
Tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohat bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Biroq joriy yilning 9 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Hozirda aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ushbu jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025