Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiya S-400 borasidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishiga umid bildirdi
AQShning NATOdagi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Turkiya “xatoga yo‘l qo‘yganini anglab, o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishini kutmoqda”.
Foto: RIA Novosti
AQSh Anqara Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olganida nohaq bo‘lganligini tushunib yetishi va bu masala bo‘yicha pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishiga umid qilmoqda. Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison aytdi.
“Biz Turkiya S-400dan foydalanishni boshlaguniga qadar bu harakatining ehtimoliy oqibatlarini tushunib yetishiga umid qilmoqdamiz”, – dedi u.
Xatchisonning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Turkiya “xatoga yo‘l qo‘yganini anglab, o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishini kutmoqda”.
AQSh Turkiyaning S-400 majmualarini sotib olishi borasida bir necha bor xavotir bildirgan va bu fikrdan voz kechishni talab qilgandi.
Turkiya o‘tgan yilning iyulida S-400 majmualarini sotib olgach, Vashington Anqarani F-35A qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib yubordi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026