13:41 / 15.12.2020
12807
France Football barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzdi

Jahonning nufuzli futbol nashrlaridan biri «France Football» barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzdi.

Foto: France Football

Ushbu tarkibni aniqlashda dunyo bo‘yicha turli OAVlarda faoliyat yuritayotgan 177 nafar sport jurnalisti ishtirok etgan. Ushbu OAV vakillari «Oltin to‘p» g‘olibini aniqlashda muntazam qatnashib kelgan jurnalistlardir. 

«Orzular jamoasi»dan sobiq ittifoq milliy jamoasi darvozaboni, 1960 yilgi Yevropa chempioni, futbol tarixida «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan yagona darvozabon Lev Yashin ham o‘rin olgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi:

Lev Yashin (SSSR) — Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (GFR), Kafu (Braziliya) — Lottar Matteus (GFR), Xavi (Ispaniya), Diyego Maradona (Argentina), Pele (Braziliya) — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Ronaldo (Braziliya), Lionel Messi (Argentina).

Ma'lumot uchun, France Football tomonidan jahonning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» sovrini 1956 yildan buyon ilk marta 2020 yilda pandemiya sababli topshirilmaydigan bo‘ldi.

Top