France Football «Oltin töp» uçun 30 talik röyxatni, şuningdek boşqa mukofotlar uçun nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlar 2023/24 yillar mavsumi yakunlari böyiça topşiriladi, şuning uçun faqat şu davr oraliğidagi natijalar inobatga olinadi.

«Oltin töp»ga kimlar da’vogar?

Ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisi 30 kişi orasidan tanlanadi. 21 yil içida nomzodlar röyxatida ilk bor Kriştianu Ronaldu yoki Lionel Messidan biri yöq — portugaliyalik yulduz ötgan safar ham nomzodlar röyxatiga kirmagan, oxirgi sovrinni esa aynan argentinalik futbolçi qölga kiritgandi, bu uning faoliyatidagi sakkizinçi şunday sovrin böldi, Kriştianu esa beşta «Oltin töp» bilan qolgan (oxirgisini 2017 yilda olgan).

2024 yilda asosiy favoritlar «Real» bilan Çempionlar ligasida ğolib bölgan Vinisius hamda Ispaniya milliy jamoasi safida Yevropa çempioniga aylangan Rodri deb qaralmoqda. Töliq röyxat quyidagi körinişda:

Jud Bellinghem («Real», Angliya)
Ruben Diaş («Mançester Siti», Portugaliya)
Fil Foden («Mançester Siti», Angliya)
Federiko Valverde («Real», Urugvay)
Emiliano Martines («Aston Villa», Argentina)
Erling Holand («Mançester Siti», Norvegiya)
Niko Uilyams («Atletik», Ispaniya)
Granit Çaka («Bayyer», Şveytsariya)
Artem Dovbik («Roma», Ukraina)
Toni Kroos (Germaniya, faoliyatini yakunlagan)
Vinisius («Real», Braziliya)
Dani Olmo («Barselona», Ispaniya)
Florian Virs («Bayyer», Germaniya)
Martin Edegor («Arsenal», Norvegiya)
Mats Hummels («Roma», Germaniya)
Rodri («Mançester Siti», Ispaniya)
Harri Keyn («Bavariya», Angliya)
Deklan Rays («Arsenal», Angliya)
Vitinya («PSJ», Portugaliya)
Koul Palmer («Çelsi», Angliya)
Dani Karvahal («Real», Ispaniya)
Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)