27 oktyabr kuni La Ligada navbatdagi klasiko ötkazildi. Madridda ötgan bahsda Hans-Diter Flik boşçiligidagi «Barselona» «Real»ni haqli tarzda, yirik hisobda mağlub etdi. Bir neça kun avval sobiq jamoasi «Bavariya»dan «Barsa»ning alamli mağlubiyati uçun qasos olib bergan Flik qasoslar masalasidagi qarz daftarini kötarasiga hisob-kitob qilişni istagan körinadi «Real»dan ham oxirgi yillardagi mağlubiyatlar uçun revanş oldi. Ammo Madrid klubi uçun bu hali hammasi emasdi.
Mbappe ofsaydda
Klasiko kuni «Barselona» har jabhada Madridga imkon bermadi. Ayniqsa Kubarsi ismli bolakay boşçilik mudofaaçilar «Real»ning tillarda doston hujumçilarini mot qilişdi. Butun öyin davomida «Real» hujumçilari Vinisius, Mbappe va boşqalar naq 12 marta öyindan taşqari holatga tuşib qolişdi. Deyarli barça ofsaydlar «Barsa»çilar tomonidan sun’iy tarzda yuzaga keltirildi. Har safar Mbappega töp taşlanganda, himoyaçilar sinxron tarzda oldinga ötişdi va fransuz ofsaydga tuşib qolaverdi.
Futbolni tuşunadiganlar bu katta risk ekanini bilişadi, çunki himoyaçi bir sm xato qilsa bas – hujumçi darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib ketişi mumkin. Bir neçta vaziyatda şunday böldi ham, ammo öşa vaziyatlarda darvozabon Penya duyellarda yutqazmadi. Tarmoqda «Real» futbolçilari ofsaydda qolib ketayotgani rosa muhokama qilindi. Turli xil memlar, karikaturalar çizildi.
Endi butun «Real» ofsaydda
Klasiko kuni Mbappe ofsaydda qolaverib, realçilarni jiğibiyron qilgan bölsa, ikki kun ötib butun «Real» «öyindan taşqari holatda qolib ketdi». Klasikodan ikki kun ötib Parijda «Oltin töp» marosimi ötkazildi. Klasiko kuni Gavi bilan janjallaşgan Vinisius unga 4 ta golni barmoqlari bilan iddao qilgan yoş raqibiga «zato duşanba kuni «Oltin töp» olişga borişini» aytib maqtangandi. Biroq mukofot topşiriladigan kun kutilmaganda «Oltin töp» topşiradigan France Football jurnalidan arazlagan «Real» vakillari Parijga bormasligi haqida xabar tarqaldi.
Bu xabar Fabrisio Romano tomonidan yozilgaç, futbol muxlislari nimalar bölayotganini tuşunişdi: Vinisus «Oltin töp»ni olmaydi! Şunday böldi ham. Oxirgi yillarda tayanç yarimhimoyaçisi futbol uçun qançalik muhim figura ekanini körsatgan «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Rodri «Oltin töp»ga munosib deb topildi.
Rodri bir mavsum avval Çempionlar Ligasi finalida hal qiluvçi golni urgandi, bu yil esa 4 yillikning eng muhim musobaqasi Yevropa çempionatida musobaqaning eng zör futbolçisi böldi. Uning raqibi Vinisius Junior esa Çempionlar Ligasi va La Ligada juda zör mavsumni ötkazganiga qaramay mukofotga loyiq körilmadi. Balki bunga Vinisius Braziliya bilan Kopa Amerikada heç narsa qilolmagani, umuman, milliy jamoa safida yorqin öyin körsatmayotgani sabab bölgandir.










