Sport | 18:56 / 16.12.2020
5519
1 daqiqa o‘qiladi

O‘FA 2022 yilgi U23 Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasida OFKga so‘rov yubordi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi, deya yozmoqda tashkilot rasmiy sayti. 

«O‘FA 2022 yilgi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogini O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rov yubordi. Ushbu turnirning mezboni chempionatni o‘tkazish sanalarini aniqlash huquqiga ega bo‘ladi. 

Shu o‘rinda, O‘FA 2027 yilgi Osiyo kubogini yurtimizda qabul qilish bo‘yicha so‘rovni qaytarib olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol uyushmalari bilan birgalikda keyingi Osiyo kubogi bellashuvlarini aynan hududiy o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, O‘FA tomonidan FIFA tasnifiga kiruvchi U17 hamda U20 Jahon chempionatlarini O‘zbekistonda qabul qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ish olib borilmoqda», - deyiladi O‘FA xabarida.

Mavzuga oid