22:42 / 29.12.2020
39657
Ta'lim tizimi: 2021 yilda qanday yangiliklar kutilyapti?

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida 2021 yilda ta'lim tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi. Kun.uz davlat rahbari anonslagan asosiy o‘zgarishlarni sanab o‘tadi.

Foto: Tsue.uz

Maktabgacha ta'lim

  • 2021 yilda maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. 600 milliard so‘m subsidiya berilib, 2 mingta xususiy bog‘cha ochiladi; xususiy sektor ulushi 25 foizga yetadi.
  • 6 yoshli bolalarni maktabga majburiy tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2021 yilda 6 yoshli bolalarning 82 foizi (560 ming nafar) maktabga bepul tayyorlovga jalb etiladi.
  • Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limni uyda berish modeli yo‘lga qo‘yiladi. YuNeSKO va Jahon banki bilan hamkorlikda.

Maktablar

  • Bolaning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini o‘stirishga mo‘ljallangan yangi darsliklar tayyorlash boshlanadi.
  • Boshlang‘ich sinflarda DTS o‘rniga bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o‘quv dasturi» joriy etiladi.
  • Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama to‘lanadi.
  • Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
  • 10 prezident maktabi; kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslashgan 197ta maktab ochiladi.

Oliy ta'lim

  • OTMlarda davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.
  • Xotin-qizlar uchun grantlar soni 2 barobarga oshirilib, 2 mingtaga yetkaziladi. A'lo o‘qiyotgan ehtiyojmand qizlar uchun stipendiyalar ta'sis etiladi.
  • Davlat kadrlar tayyorlash bo‘yicha xususiy OTMlarga ham buyurtma bera boshlaydi.
  • 30 ta OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim

  • 2021 yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy OTMlarga magistratura va doktoranturaga o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi.
  • 2021 yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi (4,5 ming nafarga yetadi).
  • Ilmiy unvonlar va darajalar berish vakolati oliygohlarning ilmiy kengashlariga o‘tkaziladi.
  • Fizika va chet tillari keyingi yilga ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
Top