Özbekistonda bolalar bir yillik maktabga tayyorlov tizimida öqitilişi majburiy etib belgilanmoqda.
Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsudjon Yöldoşevning aytişiça, hozir respublika böyiça 6 yoşli bolalarning 68 foizi boğçaga boryapti.
«Rejamiz böyiça, yil oxiriga qadar 85 foiz bolani maktabga tayyorlaş kurslariga jalb qilişimiz kerak. Buning uçun 100 mingga yaqin 6 yoşli bolani qamrab oliş yuzasidan aniq rejalarimiz bor», – dedi Yöldoşev 29 yanvar kuni Xalqaro-press klub sessiyasida.

Vazir örinbosariga köra, hozir davlat boğçalariga bolalar 3 yoşdan, davlat-xususiy şerikçiligi asosida oçilgan boğçalarda 2 yoşdan, xususiy boğçalarda 1 yoşdan qabul qilinadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş tizimini joriy etiş uçun budjetdan 130 milliard söm ajratilişini aytgandi.
Ma'lumot uçun, 2020 yil iyunidan kuçga kiradigan «Maktabgaça ta'lim va tarbiya töğrisida»gi qonunga asosan, davlat har bir bolaning umumiy örta ta'lim taşkilotiga öqişga kirişidan bir yil oldin davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida umumiy örta ta'limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan ötişga bölgan huquqini kafolatlaydi.
















