2020 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan bu galgi murojaatnomada ham ko‘p masalalar, xususan, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi rahbarlari, bozor ishtirokchilariga  kuchli messej berildi. Quyida murojaatnomada davlat rahbari tomonidan bildirilgan asosiy tezislar keltiriladi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish 2021 yilning asosiy iqtisodiy masalasiga aylanadi.

1. 2021 yil 1 martdan boshlab, aholining minimal iste'mol xarajatlari e'lon qilinadi. Shuningdek, hukumat ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me'yor darajalarida bosqichma-bosqich ta'minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.

Kambag‘allik muammosi haqida gapirish, uni rasmiy minbardan tan olish bosqichidan o‘tdik. Keyingi marrada kambag‘al aholi kim degan savolga javob berish zarur. Aholining minimal iste'mol xarajatlari mana shu masalaga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, eng kam iste'mol xarajatlarini e'lon qilib borish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  39 moddasining to‘liq ijrosini ta'minlash uchun ham xizmat qiladi.

Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Konstitutsiyasi 39 moddasi.

2. Sotsial reyestr ishga tushadi. Kambag‘allik hisobini aniq yuritish va aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam berishni osonlashtirish uchun ijtimoiy reyestr ishga tushadi