Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilon shahridagi do‘konlarda sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun soat 05:50da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:54da yetib borgan va soat 05:57da yong‘in o‘rab olinib, soat 06:30da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa natijasida 4ta do‘konning umumiy 90 kvadrat metr maydonida tom va ichki qismlar yongan. Harakatlar natijasida savdo do‘konlarining 200 kvadrat metr maydoni ofatdan saqlab qolingan.
Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026