15:45 / 06.03.2021
12790
Buxoro shahrida OIV infeksiyasini bir necha kishiga qasddan yuqtirgan ayol qo‘lga olindi

Kogon shahrida yashovchi 27 yoshli ayol 10 dan ortiq fuqaroga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan va yuqtirish xavfi ostida qoldirgan, deb ma'lum qildi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Illyustrativ foto

Kogon shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol 2017 yilning 21 dekabr kunidan boshlab Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1 mart kuni Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘tkazgan tadbirda ushbu fuqaro o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganini bila turib, 2020 yilning avgust oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar 10 dan ortiq fuqaro bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

IIB xabarida ta'kidlanishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayolga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Top