4-sinf bitiruvchilarini fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan sinflarga saralab olish mexanizmi tasdiqlandi
Umumta'lim maktablarining ixtisos-sinflariga o‘quvchilarni saralash mezonlari ixtisoslashgan maktablarga o‘qishga qabul qilish mezonlari bilan bir xil bo‘ladi.

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta'lim maktablari 4-sinf bitiruvchilarini fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflarga saralab olish tizimi joriy etiladi.
26 mart kuni bu haqda Ta'lim inspeksiyasi, Davlat test markazi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining qo‘shma qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, 4-sinf bitiruvchilari o‘qishni kelgusida ixtisoslashgan sinflarda davom ettirishi uchun saralab olish tizimi va ixtisoslashgan sinflarni tashkil etish mezonlari tasdiqlandi.
Belgilanishicha, o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini inobatga olgan holda, ixtisoslashgan sinflar quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
- o‘quvchilarning aql-idrok darajasi va erishgan natijalari asosida muayyan fanlarga ixtisoslashgan doimiy sinflar;
- o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqqan holda muayyan fan doirasida turli sinflardan guruhlar ko‘rinishida jamlanadigan o‘zgaruvchan sinflar.
O‘rta maktablarning 4-sinf bitiruvchilarini fanlar bo‘yicha saralash va yo‘naltirish – o‘quvchilarning qiziqishi va mayllarini aniqlash bo‘yicha Respublika tashxis markazi ishlab chiqqan psixologik-pedagogik diagnostika metodikalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan sinflarga hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, tegishli fanlardan sinovlar o‘tkazish va o‘quvchilarni ixtisoslashgan sinfdan chetlatish – XTV va DTM 2011 yil 26 dekabrda tasdiqlagan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomi asosida amalga oshiriladi.
Fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan sinflarning yo‘nalishlari ro‘yxatini XTV va Ta'lim inspeksiyasi belgilaydi.
Fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan sinflar tashkil etish imkoniyati bo‘lmagan maktablarda maxsus fan to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

16:08 / 04.03.2025
Toshkentda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

14:02 / 04.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

18:11 / 02.03.2025
O‘zbekistonda maktablarda bir nafar o‘qituvchiga qancha o‘quvchi to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi

17:14 / 23.02.2025