10:00 / 02.04.2021
2474

Bektemir tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, quyidagilar Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ular daromadi va turmush darajasini oshirish;
  • kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2022 yillarda Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati;
  • 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi tizimi va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini yaxshilash, ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish chora-tadbirlari;
  • 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta'mirlash chora-tadbirlari.
Mavzuga oid
Top