Bektemir tumanidan ötgan, yangi “Food city” bozori yaqinidagi katta çorrahada köprik va yöl ötkazgiçlar qurilişi boşlangan. Mazkur loyiha Toşkent – Nurafşon yöli va A373 avtomobil yöli kesişmasida transport ötkazgiç qurilişi orqali poytaxt transport tizimini yengillaştiriş, tirbandliklarni kamaytiriş hamda haydovçilar uçun qulay tranzit yölak yaratişni maqsad qiladi. Kun.uz yirik qurilişlar ketayotgan hududda bölib, loyiha bilan tanişdi.
Dostonjon Şaropov “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” boş mutaxassisi:
Mazkur obekt Toşkent viloyati va Toşkent şahrini boğlovçi asosiy çorraha bölganligi uçun transport vositalarining tirbandligi juda ham yuqori edi. Transport vositalarining tirbandligining oldini oliş maqsadida prezident qaroriga asosan dasturga kiritildi hamda bugungi kunda obektda quriliş-montaj işlari jadal ravişda boşlab yuborilgan. Bu obekt 4R21, 4R2 hamda 4R12 avtomobil yöllari çorrahasi bölgani uçun Sergeli yönalişidan keluvçi avtotransport vositalarining yönalişi Çorboğ yönalişiga ötib ketişda 450 metr masofada tunnel bilan ikkita yöl sathini özgartiriş orqali tirbandliklarga yeçim qilingan. Undan Sergeli tomondan keladigan yönaliş, agar Çorboğ yönalişiga ketmoqçi bölsa, bemalol Çorboğ yönalişiga harakatlanişi mumkin yoki Toşkent viloyati Nurafşon şahriga boradigan yönaliş böladigan bölsa ham qiynalmasdan heç qanaqa tirbandliklar yoki yöl çiroqlarisiz öz harakatini davom ettiraveradi. Quriliş jarayonida ham tirbandlik bölmasligiga harakat qilyapmiz. Ya’ni ayni vaqtda tunnel qismida qaziş işlari hamda asosiy tayanç tirgak devorlarni quriş işlari amalga oşirilyapti. Şu bois çorrahani umumiy yopib vaqtinçalik aylanib ötiş yöllari orqali ikkita polosadan avtomobil yöllari harakatlanişi yölga qöyilgan.
Qurilişning umumiy maydoni qançani taşkil etadi?
– Umumiy quriliş maydoni kattaligi 10 gektarni taşkil etadi.
Hozir bu işlar neça foizga bajarilgan deb ayta olamiz?
Hozirgi kunda bu umumiy işlarning taxminan 30-40 foizi amalga oşirilgan deyiş mumkin. Şu yil boşiga qadar obektimizda transport vositalari harakatini yölga qöyiş közda tutilgan.
Yöl qurilişi rejasida jamoat transportlari yönalişi uçun BRT tizimi ham öylanganmi?
Asosan bitta yönalişga BRT tizimi qöyilgan, Toşkent viloyatining markazi hisoblangan Nurafşon şahridan poytaxtga qatnab işlovçi har bir hamyurtimiz bemalol öşa avtobus tizimida, harakatni amalga oşirişi mumkin. Eski holatdagi yölimizda avtotransport vositalarining qatnov qismi yönalişlari soni ikkita, uçta bölgan bölsa, hozirgi kunga kelib bu BRT tizimidan taşqari alohida yana törtta böladi, törtta-törtta jami sakkiztani taşkil etadi.











