20:49 / 02.04.2021
6720
Italiya kontrrazvedkasi mamlakatda Rossiya maxsus xizmatlarining kamida 80 nafar xodimi borligini ma'lum qildi

Qayd etilishicha, Italiyadagi barcha rossiyalik diplomatlarning uchdan bir qismi bosh razvedka boshqarmasi, tashqi razvedka va FXX xodimlaridir.

Italiya kontrrazvedkasi – axborot va ichki xavfsizlik agentligi (AISI) mamlakatda Rossiya maxsus xizmatlarining kamida 80 nafar tezkor xodimi borligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda La Repubblica.

Xabarda aytilishicha, ularning barchasi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlar sifatida harakat qiladi hamda Rossiya elchixonalari va konsulliklarida faoliyat yuritadi. Qayd etilishicha, Italiyadagi barcha rossiyalik diplomatlarning uchdan bir qismi bosh razvedka boshqarmasi, tashqi razvedka va FXX xodimlaridir.

Gazetaning yozishicha, nafaqat maxfiy ma'lumotlar yig‘ish, balki yangi agentlarni jalb etish ham ularning asosiy vazifasiga kiradi. Ulardan biri mart oxirida qo‘lga olingan Italiya floti kapitani Valter Bot hisoblanadi.

Kontrrazvedkaning ma'lumot berishicha, u besh ming yevro evaziga rossiyalik agentlarga Italiya qurolli kuchlari va NATO faoliyatiga oid maxfiy hujjatlar joylangan flesh xotirani berishga uringan. U va rossiyalik shaxs 31 mart kuni qo‘lga olingan.

Ushbu voqeadan so‘ng rossiyalik diplomatlar Aleksey Nemudrov va uning yordamchisi Dmitriy Ostrouxov mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Top