Rimda Rossiya elchixonasida akkreditatsiyadan o‘tgan rossiyalik ofitser va Italiya harbiy-dengiz floti kapitani qo‘lga olindi. Ular Rossiya foydasiga josuslik qilish va davlat sirini oshkor etishda ayblanmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar berdi.

"Operatsiya italiyalik ofitser pul evaziga maxfiy hujjatlarni unga bergan vaqtda o‘tkazildi. Ofitser hibsga olindi, xorij fuqarosining holati uning diplomatik maqomi tufayli ko‘rib chiqilmoqda", - deyiladi xabarda.

TASSning xabar berishicha, rossiyalik ofitser qo‘lga olinganidan so‘ng Rossiya elchisi Italiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

Avvalroq Bolgariyada Rossiya elchixonasining ikki xodimi persona non grata deb e'lon qilingandi.