10:11 / 18.04.2021
24966

«Mening birinchi o‘rindagi kundalik masalam – chegara masalasi» - To‘ra Bobolov

Qator rus nashrlari Markaziy Osiyo davlatlariga Afg‘oniston orqali «IShID» va «Tolibon»ning xavfi ortib borayotgani haqida yozadi. Xo‘sh, bu xavf haqiqatda mavjudmi? Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Kun.uz bilan suhbatda shu mazmundagi savolga javob berdi.

«Men yaqinda ham Afg‘onistonga bordim. Bizga chegaradosh Balx viloyati gubernatori bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Xavf yo‘q, desak xato qilgan bo‘lamiz. Chunki Afg‘oniston shunday hududki, u yerda qariyb 44 yildan beri urush bo‘lyapti. Ularda tahdid ko‘p. Biz u tomondan xavf yo‘q, desak xato qilgan bo‘lamiz», – dedi hokim.

Uning aytishicha, Surxondaryodagi barcha rahbarlardan ham birinchi navbatda doimiy ogohlik talab qilinadi.

«Mening ham birinchi o‘rindagi kundalik masalam – chegara masalasi. Chegarada ko‘p yuraman. Har yakshanba kuni harbiylar bilan ishlash kunim bo‘ladi. Aytishim mumkinki, Surxondaryoning barcha chegarasini bosib chiqqanman. Harbiylarning ham aksariyati bilan muloqotda bo‘lganman.

Afg‘onistonda hamisha xavf bor, lekin biz gaplashib turamizki, bizga yaqin chegara hududlari tinch. Chegaradosh hududlar tinch», – dedi To‘ra Bobolov.

Surxondaryo viloyati hokimi bilan qilingan intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Top