15:43 / 19.04.2021
2702
Samarqandda haydovchi mast holda velosiped boshqarib kelayotgan shaxsni urib yubordi

Samarqand shahrida «Neksiya-3» rusumli mashina haydovchisi velosipedda yo‘lni kesib o‘tayotgan shaxsni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 19 aprel kuni soat 7:30 larda, Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasida, haydovchi S.M. «Neksiya-3» rusumli mashinani boshqarayotib, velosipedda yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan A.A.ni urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda, 35 yoshli A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruv davomida velosipedchining mast holatda bo‘lganligi aniqlangan. Videokuzatuv kameralariga tushib qolgan lavhada hodisa kichik chorrahada sodir etilgani va «Neksiya-3» haydovchisi chorrahaga yaqinlashganda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini ham ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top