Toşkent tumanlararo ma'muriy sudida «obnal işi» böyiça tadbirkorning soliq organiga nisbatan arizasi yuzasidan sud jarayoni boşlangani xabar qilingandi. Navbatdagi sud majlisi bir oy ötgaç, 2021 yil 20 aprel kuni bölib ötdi.

Toşkent şahrida faoliyat yuritadigan tadbirkor Toşkent şahar soliq boşqarmasi bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzgan deb hisoblab, QQS soliği böyiça 691 million söm soliq majburiyatini yuklaşini qonunga xilof, deb topiş töğrisida ariza bilan sudga murojaat qilgan.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, navbatdagi sud majlisi tomonlarning soliq organi tadbirkorning savdo operatsiyalarini közböyamaçilik uçun tuzgan deb topişi dalillarga asoslangan yoki yöqligi borasidagi bahslari bilan keçdi.

Da'vogar da'vo talabi aniqlaştirilgan arizasini sudga taqdim etdi. Tadbirkor suddan soliq organining dalil-isbotsiz hisobga olingan QQS summasini bekor qilişda ifodalangan xatti-harakatini noqonuniy deb topişni söramoqda. Şunda tadbirkorning şaxsiy kabinetiga kiritilgan va tölaş majburiyati yuklatilgan soliq summasi ham bekor böladi, deb hisoblaydi u.

Oqibat şundayki, şaxsiy kabinetda tölanmagan soliq summasi töğrisida yozuv paydo bölsa, tadbirkorda soliq tölaş majburiyati yuzaga keladi va undiruv uning puli va boşqa mulkiga qaratiladi. Tadbirkor kontragent bilan tuzgan bitimini qalbaki deb topiş va hisobga olingan QQSni bekor qilişda soliq organi dalillarga emas, balki gumonga asoslanganini ta'kidlamoqda.

«Biz soliqni notöğri hisoblading deb iqtisodiy masalani kötarmayapmiz, balki soliq organi dalil-isbotsiz hisobga olingan soliqni bekor qilganidan norozi bölyapmiz. Soliq kodeksining 266-moddasida ham bitimlar közböyamaçilik uçun tuzganlikka oid dalil va isbotlar mavjud bölganda soliq organi hisobga olingan soliqni bekor qilişga haqqi bor deyilgan. Soliq organi dalillarga emas, balki gumonlarga asoslangan», – deydi tadbirkorning soliq maslahatçisi.

Soliq organi vakillari tadbirkorning «dalilsiz» degan da'vosini rad qilib, hisobga olişni bekor qilişda yetarli dalillarga asoslanganiga urğu berdi.

«Da'vogar da'vo talabida dalil-isbotsiz degan jumlani qayta-qayta işlatyapti. Soliq kodeksining 14-moddasida aniq körsatilganki, agar tadbirkorning kontragenti (u bilan hamkorlik qilgan MÇJ) işlab çiqariş mahsulotini yetkazib berişga qurbi yetmasa, hisobga olingan QQS summasini soliq organi bekor qiladi.