17:08 / 24.04.2021
31980

Prezident maktabiga talabgor o‘quvchi qaysi fanlardan «a'lo» baho olgan bo‘lishi kerakligi aytildi

Foto: KUN.UZ

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova agentlik maktablari bo‘yicha yuborilgan savollarga javob berdi.

Prezident maktabida o‘qishni xohlagan o‘quvchining maktabda barcha fanlardan bahosi «a'lo» bo‘lishi kerakmi?

Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar 2020/2021 o‘quv yilini quyidagi sinflarda STEAM fanlar bo‘yicha a'lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart.

Bular:

  • 4-sinf uchun – matematika, tabiatshunoslik;
  • 5-sinf uchun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari;
  • 6-sinf uchun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika;
  • 7-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
  • 8-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
  • 9-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo fanlaridan yillik a'lo baho talab etiladi.

Bundan tashqari, talabgor o‘qiyotgan maktab prezident maktabi joylashgan hududga mansub bo‘lishi lozim.

Talabgor prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi (qonuniy vakillari) o‘quvchining prezident maktablarida 5 kun davomida internat shaklida ta'lim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi.

Prezident maktablarida STEAM (Science-fan) matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter ta'limi ingliz tilida olib boriladi.

Top