Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarga hamda hududlarda qurilayotgan prezident maktablariga malakali pedagog kadrlarni jalb qiliş, ularni saralaş maqsadida agentlik tomonidan job.piima.uz sayti taşkil etildi.
Unga köra, tanlov quyidagi uç bosqiçda taşkil etiladi:
- veb-saytda ariza beriş va hujjatlarni taqdim qiliş;
- test sinovlari;
- suhbat (onlayn/oflayn).
Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan nomzodlar muvofiq şaklda job.piima.uz veb-sayt orqali murojaat qilişi lozim.
Test Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilgan test sinovlari asosida ötkaziladi.
Nomzod onlayn test-platformasi orqali yoki qoğoz varianti şaklida 40 savoldan iborat test topşiradi. Test sinovlari 100 ballik tizimda bölib, undan 50 va undan yuqori ball olgan nomzod suhbatga çaqiriladi.
Suhbat jarayonida berilgan savollar va ularga berilgan ballar maxsus şaklda qayd etiladi.
Suhbat yakunlari böyiça komissiya a'zolari tomonidan nomzodga qöyilgan ballar avtomat tarzda umumlaştiriladi va örtaça ball hisoblab çiqariladi.
Suhbat jarayonida 65 balldan yuqori olgan nomzod işga taklif qilinadi.
Teng natijalar yuzaga kelgan holda, ya'ni bir neçta nomzod bir xil umumiy ball töplagan vaziyatda, nomzodni tanlaş tanlov komissiyasi ixtiyoriga qoldiriladi.
Nomzod tanlov jarayonida uzrsiz sababga köra iştirok etmagan bölsa, unga nisbatan «tanlovdan ötmadi», degan qaror çiqariladi.
Agentlikka köra, talabgorlar qat'iy belgilangan mezon asosida tanlab olinadi. Saralaş bosqiçma-bosqiç ötkazilib, barça ma'lumotlar nomzodlar qaysi bosqiçda, qanday natija körsatganliklarini kuzatib boriş uçun job.piima.uz saytiga joylanadi.
Bundan taşqari, sayt bazasida malakali pedagog kadrlarning öziga xos zaxirasi taşkil etiş rejalaştirilgan. Keyinçalik tizimdagi maktablarda kadrlar zaruratiga qarab ular jarayonga jalb etilişi mumkin.
Bundan avval Prezident maktablariga kiriş imtihonlari savollari namunasi e'lon











