Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarga hujjatlar qaysi hollarda rad etilişi haqida Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi ijod maktablarini taşkil etiş böyiça işçi guruh raisi Şerzod Xudoyqulov ma'lumot berdi.

Unga köra, talabgor belgilangan muddatlardan keyin saralaş tanlovida iştirok etiş xohişini bildirgan taqdirda, talabgor ta'lim olayotgan maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (ijod maktablari bundan mustasno), hujjatlar töliq taqdim etilmaganda, taqdim etilgan hujjatlarning yozuvlari, muhrdagi yozuvlar sifatsiz holda nusxalangan bölsa, çet el fuqarosi bölsa, umumta'lim muassasalarining tegişli sinflarida öqişni töliq tamomlagan va prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarida xuddi şunday sinfda takroran öqiş istagida bölsa, bunday hujjatlar qabul qilinmaydi.

Şuningdek, Prezident maktablariga hujjat topşirayotgan talabgor öquv yili natijasiga köra, sinflar böyiça talab qiladigan fanlarni a'lo bahoga tugatmagan bölsa, ularning hujjati ham qabul qilinmaydi.

“Ya'ni, biz talab qiladigan STEAM fanlari bor. Şu fanlardan talabgorning yillik bahosi 4 bölsa, bu öquvçining hujjatlari rad etiladi. Agar öquvçining çorak bahosi 4 çiqqan bölsa, keyingi çorakda bahosini yaxşilab, 5ga töğrilagan bölsa, ya'ni yillik bahosi 5 çiqqan bölsa, demak, öquvçi hujjat topşirişi mumkin böladi. Biz faqat yillik baholarini inobatga olamiz”, dedi Şerzod Xudoyqulov.