Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktor örinbosari Amirulla Abdullayev Prezident maktablariga kiriş imtihonlari qanday ötkazilişi va imtihon testlari haqida ma'lumot berdi.

Unga köra, Prezident maktablariga kiriş imtihonlari bir neçta bosqiçda bölib ötadi. Birinçisi, matematika fanidan 30ta topşiriqdan iborat test şaklida böladi. 5-sinf öquvçilariga 50 daqiqa, 6-10-sinf öquvçilariga esa 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Keyingi bosqiçda tanqidiy fikrlaş böyiça 16ta masala, muammoni yeçiş böyiça 24ta masala böladi. Uşbu masalalarni bajariş uçun 75 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ingliz tilidan test esa 5-6-sinflar uçun 40ta savol, 7-10-sinflar uçun 50ta savoldan iborat böladi. Bu yil ingliz tili imtihonida «listening» (tinglaş) qismi bölmaydi, bolalar matn bilan işlaş va grammatikadan imtihon topşiradi.

Ma'lum qilinişiça, Prezident maktablariga öquvçilarni saralaşda hamkor taşkilot bu – Cambridge Assessment. Savollarning barçasini Cambridge Assessment tuzadi. Imtihonni ötkaziş va javoblarni e'lon qiliş ham Cambridge Assessment zimmasida böladi.

«Mana, 2019 yil imtihonni 4ta maktabga ötkazgan bölsak, har bitta pavilonda uning siğimidan qat'i nazar, Cambridge Assessment taşkiloti tomonidan vakillar bölgan. Cambridge Assessment vakillari bizning mahalliy imtihon ötkazuvçilarni treninglardan ötkazib, ularga imtihon şaroitlari, jarayonlarini tuşuntirib, nazorat qilişgan.

Endi şaffoflikka keladigan bölsak, imtihon varaqalari imtihon tugab bölganidan söng, Cambridge Assessment vakili tomonidan sanab olinib, özining maxsus paketlariga joylanib, imtihon pavilonlaridan Cambridge'ga jönatiladi», – dedi agentlik direktori örinbosari.

Amirulla Abdullayevga köra, Cambridge Assessment Özbekistondagi davlat ta'lim standarti bilan tanişgan holda testlarni tuzgan. Tanqidiy fikrlaş böyiça tuzilgan testlar bundan mustasno. Çunki tanqidiy fikrlaş böyiça heç qayerda aniq bir yönaliş yöq.

«Tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş uçun bolalarni qanday tayyorlaş kerak, aniq bir yönaliş bormi, degan savolni Cambridge Assessment vakillariga berganmiz. Bu yönalişda aniq bir mana bu yönalişda ketadigan bölsangiz, maqsadga erişasiz, degan javobni ololmadik. Ya'ni imtihon kuni bolaning qanday bilimi bölsa, muammoni qanday yeçadi, tanqidiy fikrlaşga qanday qaraydi, şu narsa tekşiriladi», – dedi u.