Bugun, 21 may kuni «Toşkent beş taşabbus harakati» doirasida yoşlar bilan oçiq muloqotda boş vazir örinbosari Behzod Musayev Yangi Özbekiston universiteti taşkil etilişi haqida ma'lumot berdi.

Boş vazir örinbosariga köra, Yangi Özbekiston universiteti prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilyapti.

«2021 yil 1 centyabrdan boşlab respublikaning barça hududlarida Prezident maktablari faoliyatini boşlaydi. Bu yerda Kembrij ta'lim tizimi asosida dars beriladi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şu yerga kelganda masalaning ikkinçi tomonini ham öyladilar va savolni örtaga taşladilar: Kembrij ta'lim tizimi böyiça öqişni bitirgan bolalar qayerda öqiydi? Şu maqsadda Özbekistonda Yangi Özbekiston universitetini taşkil qiliş böyiça dastlabki qadamlar taşlandi», - dedi Musayev oçiq muloqot davomida.