Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqahhor Mullajonov Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Markaziy bankning sobiq rahbari Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘li Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Fayzulloyevich Mullajanov Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abduqahhor Mullajanov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017-2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.
U 2018 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, shu kunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Abduqahhor Mullajonov O‘zbekiston Markaziy bankiga 1991 yildan 2017 yil mayiga qadar (vafotigacha) rahbarlik qilgan Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘lidir.
Bundan avvalroq, 2021 yil martida Fayzulla Mullajonovning katta o‘g‘li Abdumajid Mullajonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi
O‘zbekiston | 16:03
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025