Poytaxt hokimligi axborot xizmati xabariga köra, uning örniga Abdumajid Mullajonov uşbu lavozimga tayinlandi. 

Abdumajid Fayzullayeviç Mullajonov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Köp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

U 2019 yildan şu kunga qadar Toşkent şahar Olmazor tumani böyiça Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan.

Avvalroq, Olmazor tumani hokimi Toşkent şahri hokimiga birinçi örinbosar bölişi xabar qilingandi. 

Kun.uz'ning turli tuzilmalardagi bir neça manbalari bergan ma'lumotga köra, u Toşkent şahri hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga ötadi.

Ma'lumot uçun, Abdumajid Mullajonov Özbekiston Markaziy banki sobiq raisi Fayzulla Mullajonovning öğlidir. 

Fayzulla Mullajonov Markaziy bankni 1991 yildan buyon boşqarib kelgan. U 2017 yilning 23 may kuni 67 yoşida uzoq davom etgan kasallikdan söng olamdan ötdi.