Prezident administratsiyasidagi özgarişlar doirasida Doniyor Baxtiyoroviç Qodirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
Endi u Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Qodirov muqaddam IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlaş boş boşqarmasiga rahbarlik qilgan, 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği bölgan.
2021 yil yanvarida prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga ötgan, 2023 yil avgustida şu soha böyiça maslahatçiga aylangandi.
Şuningdek, prezidentning quyidagi maslahatçilari öz lavozimlarini saqlab qolgan:
Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev Özbekiston prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi — bungaça uning lavozimi prezidentning kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisi — Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori deb nomlanardi.
Ravşan Ayuboviç Ğulomov Özbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi (oldingi lavozimi prezidentning iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi).
Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Özbekiston prezidentining ijtimoiy himoya böyiça maslahatçisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi (oldingi lavozimi prezident maslahatçisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori).
Ruslanbek Quroltayyeviç Davletov Özbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, din va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi (oldingi lavozimi prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi).











