07:50 / 07.05.2021
1761
Qoraqalpog‘istonlik Oliy Majlis deputati qoraqalpoq tilining Qoraqalpog‘istonda amal qilinishi borasida fikr bildirdi

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati Muxtar Ibragimov qoraqalpoq tilining Qoraqalpog‘istonda amal qilinishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Muxtar Mamutovichning «Deputatlar minbari»da yozishicha, qoraqalpoq tili davlat tili sifatida faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qiladi. 

«Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator tumanlarda aholi deyarli 100 foiz qoraqalpoq tilida o‘zaro muloqot qiladi.

Agar ular viloyatlar yoki Toshkent shahridagi mutasaddi tashkilotlarga, deputatlarga murojaat qilmoqchi bo‘lsa, ulardan jumlaning o‘zbekcha tarjimasini talab qilsak, ularni qiynayotgan muammo tufayli shundog‘am asabiy bo‘lib turgan fuqaroga nisbatan insoniylik nuqtai nazaridan ham, siyosiy jihatdan ham adolatli bo‘lmaydi.

Bunday yondashuv har xil tushunmovchilik va noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Bu mening Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylangan deputat sifatidagi shaxsiy fikrlarim», - deydi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi deputati.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Perdeg‘aliy Dabilov lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosiga qachon to‘liq o‘tilishini aytgandi.

Top