15:50 / 18.05.2021
8668

Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ovozi deb taxminlanayotgan audioyozuv bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori deya taxmin qilinayotgan audioyozuv tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tekshiruv boshlandi.

"2021 yil 17 may sanasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Chinoz tumani xalq ta'limi tasarrufidagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori T. Z.ning ovozi deb taxminlanayotgan audioyozuv bo‘yicha Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil qildi. 

Ayni damda holat yuzasidan ichki tekshiruv boshlandi", deya xabar bermoqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi.

Top