Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi iştirokida YTH sodir bölgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.
Ma’lum bölişiça, YTH 2025 yil 12 avgust kuni soat 5:30 lar atrofida M-39 avtomobil yölining Çinoz tumani hududidan ötgan qismida sodir bölgan. 1987 yilda tuğilgan Fayzulla Ubaydullayev boşqaruvidagi Gentra maşinasiga yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketgan Cobalt kelib urilgan. Oqibatda Fayzulla Ubaydullayev oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.
Maşinada Fayzulla Ubaydullayevning turmuş örtoği va 3 nafar farzandi ham bölgan. Ular Samarqand şahriga sayohatga boriş maqsadida erta tongda yölga çiqişgan. YTHda haydovçining ikki qizi hamda turmuş örtoği ham tan jarohati olgan.
Marhumning yaqinlariga köra, Cobalt’ni yöl-patrul xizmati xodimi boşqarib kelayotgan bölgan.
“Xodim Davron Yöldoşev maşinani davlat raqamini yeçib olgan holda katta tezlikda boşqargan. U öz yönalişidagi maşinani notöğri quvib ötişi oqibatida boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va akamning maşinasiga kelib urilgan. Söngra 10-15 daqiqada yetib kelgan davlat raqami yeçib olingan Damas maşinasiga ötirib, yordam körsatmasdan voqea joyidan qoçib ketgan. Özi YPX xodimi böla turib, bir vaqtning özida şunça qoidabuzarlik sodir qilişi mumkinmi?” deydi marhumning Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan ukasi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















