08:20 / 21.05.2021
4615

O‘zbekistonning mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda pozitsiyasi yaxshilandi

«Ookla» kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021 yil aprel oyi natijalariga oid yangi ma'lumotlarni e'lon qildi. Unda O‘zbekistonda mobil internet tezligi yaxshilangani qayd etilgan.

Bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) o‘sgani qayd etildi, ya'ni 25,82 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga ko‘ra) 39,2 Mbit/s.gacha (2021 yil aprel holatiga ko‘ra). So‘nggi uch yil ichida esa, O‘zbekistonda simli internet tezligi uch barobarga o‘sdi.

Joriy yil aprel oyi natijalariga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda mamlakatda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga ko‘ra) 17,28 Mbit/s.gacha o‘sdi (2021 yil aprel holatiga ko‘ra). Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 78,5 foizga ko‘tarilgan.

Mavzuga oid
Top