Butun dunyoda intellektual mulk qimmatli narsa, deb e'tirof etiladi. Maşhur brend egalari, besseller asar mualliflari, ixtiroçilarning milliarder ekani haqida köp kinolar körganmiz, ularning motivatsion asarlarini öqiganmiz.

Xöş, Özbekistonda ham şundaymi? Asarlarini sevib öqigan mualliflarimiz, ixtirolar qilgan odamlar boymi? Brend egalari özlarining tovari orqasidan milliarder bölib ketişyaptimi? Javob berişga qiynalamiz. Nega bizda hamma intellektual mulk egalari ham boy emas? Yuridik fanlar böyiça falsafa doktori, intellektual mulk huquqi böyiça mutaxassis Abdumömin Yöldoşev bilan ayni mavzuda suhbat uyuştirdik. Quyida suhbatning asosiy qismlarini va suhbatdoşimizning fikrlarini keltiramiz.

Intellektual mulkdan faqat egasi emas, jamiyat ham foyda oladi

Intellektual mulk insonning ijodiy tafakkuri bilan yaratiladigan narsa hisoblanadi. Ular turli sanoat mulki obektlari yoki mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar bölişi mumkin. Inson hayoti tölaligiça intellektual mulklardan iborat. Bu şunday mulkki, undan faqatgina egasi emas, balki jamiyat ham manfaatdor böladi. Masalan, biror ixtiro jamiyat taraqqiyoti uçun xizmat qilişi mumkin.

Intellektual mulkning ahamiyati yildan yilga oşib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga köra, 1970 yillarda jahonda nomoddiy aktivlarning uluşi bor-yöği 17 foizni taşkil qilgan bölsa, 2020 yilda ularning uluşi 90 foizdan oşiqni taşkil qilgan. Pandemiya intellektual mulkka bölgan talabni oşirib yubordi. Masalan, ötgan yil boşida turli davlatlarda lokdaunlar e'lon qilina boşlagaç, fevralning bir haftasida 2019 yilning butun davriga nisbatan dasturiy ta'minot mahsulotlarini yuklab oliş 80 foizga oşgan.

Muhofaza joyida, lekin himoya oğriqli masala

Intellektual mulk huquqi bilan boğliq ikkita tuşunçani aniqlaştirib oliş kerak: muhofaza va himoya. Muhofaza biror intellektual mulkni yaratib, uni röyxatdan ötkazişgaça bölgan jarayon. Masalan, ixtiro yaratilsa, Intellektual mulk agentligida patentlanadi va muhofazaga olinadi. Himoya esa undan keyingi jarayon. Kimdir intellektual mulkdan beruxsat foydalansa, intellektual mulk himoya qilinadi.

Özbekistonda intellektual mulk muhofazasi yaxşi taşkil qilingan: intellektual mulk ekspertizasi va boşqa tartiblar yaxşi taşkillaştirilgan. Biroq intellektual mulk himoyasi oğriqli masala bölib qolmoqda. Hozirgaça intellektual mulk huquqi himoyasiga oid sud amaliyoti tölaqonli şakllanmagan. Töğri, tovar belgilari bilan boğliq tajriba bor, lekin mualliflik huquqi va sanoat mulki obektlari bilan boğliq amaliyot juda kam.