18:51 / 25.05.2021
4424
Kongoda vulqon otilishi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Goma vulqon observatoriyasi rahbari Selestin Kasereka Maxindaning aytishicha, ko‘plab odamlar evakuatsiya vaqtida tutun va zaharli gaz ta'sirida halok bo‘lgan.

Foto: AP

Kongodagi Niragongo vulqoni otilishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Global News.

Fuqaro mudofaasi boshqarmasi rahbari Jozef Makundining so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz kishi tiriklay yonib ketgan, besh kishi tutundan zaharlanib o‘lgan.

Goma vulqon observatoriyasi rahbari Selestin Kasereka Maxindaning aytishicha, ko‘plab odamlar evakuatsiya vaqtida tutun va zaharli gaz ta'sirida halok bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, lava oqimi besh yuzga yaqin binoga zarar yetkazgan.

Vulqon otilishi 22 may kuni kechqurun boshlangan. Niragongo vulqoni Kivu ko‘lidan 20 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, u mazkur hududdagi sakkizta vulqondan biridir. 

Top